SAYYOR QABUL
2026-06-15 14:35:00 / Yangiliklar

Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy shu’basi va “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi Navoiy viloyat hududiy boʼlimi hamkorligida Konimex tumani "Sho'rkul" MFY binosida fuqarolar va faollar ishtirokida internet xizmatiga ulanish, mobil aloqa xizmatlari sifati, pochta aloqasi sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, teleradio dasturlarining tarqatilish sifati boʻyicha muammolarni bevosita joyida ko‘rib chiqish va bartaraf etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar masu’l mutaxassislar tomonidan ijobiy hal etib berildi.
Shuningdek, aloqa va axborotlashtirish sohalarida xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, operator va provayderlar tomonidan bugungi kunda iste’molchilarga yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar to‘g‘risida aholi vakillariga ma’lumot berildi.
