Konimex tumanidan o'tuvchi A-379 avtomagistral yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ishlari olib borilmoqda.
2026-06-15 09:35:00 / Yangiliklar

Konimex tumani "Qaraqata" OFY dan o‘tuvchi A-379 avtomagistralining 125-kilometrda yo'l bo'yini zaruriy infratuzilma bilan ta’minlash orqali xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholi va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev mazkur loyiha bilan yaqindan tanishdi. Loyiha doirasida mazkur hududda yo‘l bo‘yi servis xizmatlarini kengaytirish, obodonlashtirish hamda zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish orqali hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish rejalashtirilgan.
