O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-sonli qarori ijrosini ta’minlash
2026-06-11 17:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Nuroniy” jamg‘armasi Konimex tuman bo‘limi raisi G. Yuldashov faol nuroniylar bilan birgalikda mahallalarda ijtimoiy reyestrga kiritilgan kambag‘al oilalar farzandlariga o‘quv jihozlari hamda sport kiyimlari tarqatilmoqda.
Bolajonlar ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lib, ularning yuzlaridagi quvonch barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda. Ota-onalar ham yaratilayotgan imkoniyatlar va amaliy yordam uchun minnatdorchilik bildirdilar. Bu kabi xayrli tadbirlar yosh avlodning ta’lim olishi va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishiga xizmat qilmoqda.
