KONIMEX TUMANI HOKIMI INVESTITSIYA SAMARADORLIGI BO'YICHA YETAKCHI HOKIM
2026-06-11 15:30:00 / Yangiliklar

“Yuksalish” harakati tomonidan tuman va shahar hokimlarining 2025-yil natijalari asosida investitsiya samaradorligi bo‘yicha ilk reytingi ishlab chiqildi.
Ro‘yxatni shakllantirishda hududlar kesimida investitsiya faoliyati chuqur tahlil qilindi. Reyting xorijiy investitsiyalarni o'zlashtirish, loyihalarning ishga tushirilish darajasi, hamkorlik geografiyasi va iqtisodiy diversifikatsiya kabi mezonlar asosida tuzildi.
Quvonarlisi, Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev TOP-35: investitsiya samaradorligi bo‘yicha yetakchi hokim sifatida e'tirof etildi.
Ushbu e'tirof bilan tumanimiz ahlini tabriklaymiz! Jamoamiz Rahbar bilan birgalikda tumanimiz salohiyati, qudrati va ravnaqini yanada yuksaltirish, tumanimiz ahlining baxt-saodati yo‘lida Yurtboshimizga kamarbasta bo‘ladi!
