DIQQAT, EʼLON !
2026-06-10 11:15:00 / Yangiliklar

“Navoiyuran” Davlat korxonasi “Zafarobod” kon boshqarmasiga va uning tarkibiy bo‘linmalariga ishga kirish istagida hujjat topshirgan hamda hujjat topshirmoqchi bo‘lgan nomzodlar diqqatiga!
2026-yil 11-iyun kuni “Zafarobod” kon boshqarmasida
quyidagi kasblar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi:
“Buldozer mashinisti” (kasb bo‘yicha o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotiga yoki buldozerni boshqarish huquqini beradigan tegishli guvohnomaga ega bo‘lgan, 1yil mehnat staji va tajribaga ega bo‘lishi talab etiladi);
“Chilangar-ta’mirlovchi” (tegishli razryaddagi kasb bo‘yicha malaka guvohnomasiga, qushimcha “B,C” toifali avtomobil haydovchisi guvohnomasiga, tajribaga ega bo‘lishi talab etiladi).
Tanlov o‘tkazish vaqti: soat 8:00 dan soat 15:00 gacha.
Tanlovda qatnashadigan nomzodlar “Zafarobod” konboshqarmasining 2-sonli Boshqarma binosi Kadrlar bo‘limiga o‘z shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta), kasbguvohnomasi, agar oldin ishlagan bo‘lsalar mehnat daftarchasining asli va nusxalari bilan kelishlari so‘raladi.
Murojaat uchun telefon raqamlar: (79) 507-55-13, (79) 507-58-83, (79) 507-58-84.
Manzil: Navoiy viloyati Konimex tumani Zafarobodqo‘rg‘oni “Zafarobod” kon boshqarmasining 2-sonli Boshqarma binosi (Kadrlar bo‘limi).
