QURILISH SOHASI MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI.
2026-04-20 10:30:00 / Yangiliklar

QURILISH sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida (Qiziltepa 3-sonli texnikumi huzurida) joriy yilning 1 may sanasidan boshlab xorijda ishlash uchun fuqarolarni maqsadli tayyorlash bo‘yicha qabul e’lon qilinadi!
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 100 nafar fuqaro qabul qilinadi:
40 nafar — payvandlovchi
20 nafar — elektrik
20 nafar — traktorchi
20 nafar — gipsokarton ustasi
O‘quv davomiyligi: 2–3 oy;
Nomzodlar BEPUL yotoqxona va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
O‘quvdan so‘ng:
- Rossiya va Belorussiya davlatlaridagi yirik ishlab chiqarish va qurilish korxonalarida ish bilan ta’minlanadi;
- Yotoq-joy, oziq-ovqat, patent va aviabiletlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Faqat xorijda ishlash niyati aniq bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://forms.gle/Bj8gqHbzHBWRQKcg8
