Hisobotlar
Kasbiy ta'lim agentligining 2025 yil natijalari
1. 595 ta texnikumlarda (52 ta xususiy texnikum) 329 ta yo'nalishda 437,8 ming nafar yoshlar kasbga o'qitilmoqda.
2. 67,4 ming nafar o'quvchi 17 040 ta ish beruvchilar bilan hamkorlikda 140 ta kasb bo'yicha dual ta'limga jalb etildi.
3. 6 609 nafar pedagogning malakasi baholanib, 2 365 nafariga malaka toifasi berildi hamda malaka toifasiga ega pedagoglar ulushi 35,8 foizga yetkazildi.
4. 3 433 nafar texnikum rahbar va pedagog xodimlarining malakasi oshirildi.
5. 47 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Janubiy Koreya davlatlari bilan hamkorlikda 4 149 nafar o'quvchini xalqaro ta'lim dasturlari asosida o'qitish yo'lga qo'yildi.
6. 124 ta texnikumda 2 968 nafar o'quvchilar ingliz, nemis, koreys, rus, turk va yapon xorijiy tillariga o'qitildi. 9-sinf negizida o'qitiladigan xorijiy til fani 180 soatdan 600 soatga oshirildi.
7. dual ta'limni ommalashtirish bo'yicha hududlarda 4 mingdan ortiq hokimlik va ish beruvchi korxona rahbarlari ishtirok o'quv seminarlar tashkil qilindi.
8. Samarqand va Andijon viloyatida 10 ta kasb bo'yicha “Worldskills Uzbekistan” kasblar chempionati o'tkazildi.
Xitoyda o'tkazilgan “WorldSkills Asia Competition Taipei – 2025” xalqaro chempionatda Shirin energetika texnikum o'quvchisi “Best of Nation”-“Millat faxri” mukofotini oldi.
9. 14 ta texnikumda “Pearson” kompaniyasining ta'lim dasturi bo'yicha 1 552 ta o'quvchilar 16 ta kasbga o'qitish yo'lga quyildi.
II. 2026 yil natijalari.
1. 11 ta hududda 3,8 ming nafardan ziyod texnikum o'quvchilari
va yoshlar vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazildi (177 nafar yoshlarning muammolari joyida hal etildi, 253 ta takliflar bo'yicha choralar ko'rildi).
2. Kasbiy ta'lim tizimini isloh qilish bo'yicha 17 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi (8 ta hujjat reglamentga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritildi, 2 ta hujjat qabul qilindi).
3. 2026/2027 o'quv yili uchun 590 ta texnikumga 373 ta kasblar bo'yicha 315 417 ta qabul parametrlari tasdiqlandi (245 898 tasi davlat granti).
Jumladan, joriy yilda 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qamrab olish ko'rsatkichi oshdi (o'sish – 1,3 foiz).
Texnikumlarda tayyorlanayotgan talab yuqori bo'lmagan 49 ta kasblar tugatilib, 97 ta yangi zamonaviy kasblar joriy etildi.
4. 109 ta ish beruvchi korxonalar bilan shartnoma asosida 740 nafar o'quvchilar dual ta'limga qabul qilindi.
Jumladan, 19 947 nafar fuqarolar qisqa muddatli kasblarga o'qitildi (12 904 nafari ayollar, 8 899 nafari ishsiz yoshlar).
5. Xalqaro tashkilotlar bilan 100 ta texnikumda 37 ta kasb bo'yicha xorijiy ta'lim dasturlarini joriy etish bo'yicha kelishuvga erishildi (Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Xitoyning 11 ta tashkiloti).
6. Kasblar klassifikatoriga xorijiy davlatlarining 15 ta xalqaro kvalifikasiyalari hamda 41 ta zamonaviy kasblar kiritildi
(112 ta kasb chiqarildi, 83 ta kasb nomi zamonaviylashtirildi).
7. Texnikumlar uchun xalqaro ta'lim dasturlari asosida talab yuqori bo'lgan 60 ta zamonaviy kasblar ro'yxati belgilandi.
8. Yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta'limni ommalashtirish maqsadida 5 may – “Kasb va mehnat kuni”ni munosabati bilan joriy yilning may oyida respublika miqyosida “Kasblar festivali oyligi” o'tkazildi.
Tadbirda 10 ming nafarga yaqin o'quvchi-yoshlar, ularning ota-onalari, ishsiz yoshlar, shuningdek, 100 dan ortiq ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etdi.
O'quvchi-yoshlar 80 ga yaqin mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan zamonaviy kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
9. 2026 yilda qayta tashkil etilgan 52 ta texnikumga 21 mingdan ortiq qabul kvotasi ajratildi.
10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi sohalari bo'yicha o'rta bo'g'in kadrlarini tayyorlaydigan “yashil” texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko'ra 14 ta “yashil” texnikumga 39 ta kasb bo'yicha jami 7 770 ta qabul kvotasi tasdiqlandi: 9-sinf bitiruvchilari uchun — 3 630 ta, umumiy o'rta ma'lumotga (11-sinf) ega bo'lganlar uchun — 4 140 ta.
11. “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar uchun qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etilmoqda
325 ta texnikumda 75 ta kasb bo'yicha 11 400 nafar, 81 ta texnikumda 5 ta chet tili yo'nalishi bo'yicha 1500 nafar tinglovchini qisqa muddatli o'quv kurslariga jalb etish belgilangan.
