Agentlik haqida
Quyidagilar Kasbiy ta’lim agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
- kasbiy ta’limni mehnat bozori ehtiyojlariga to‘liq moslashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyani kuchaytirish hamda dual ta’lim tizimini keng joriy etish orqali bitiruvchilarning bandligini ta’minlash;
- ilg‘or xalqaro va kasbiy standartlar asosida ta’lim dasturlarini tubdan yangilash, modulli ta’lim tizimi, raqamli hamda “yashil” iqtisodiyot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish;
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ishsiz fuqarolar va yoshlarni qisqa muddatli kasb-hunar, xorijiy tillar hamda tadbirkorlik kurslariga jalb qilish orqali kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish;
- kasbiy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, rahbar kadrlar uchun menejerlik sertifikatlash tizimini joriy etish, shuningdek, pedagog va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining xalqaro va milliy platformalar orqali malakasini uzluksiz oshirib borish;
- tizim faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, ta’lim jarayonlari, baholash va boshqaruvni yagona elektron tizimlar hamda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida muvofiqlashtirish, mehnat bozori tendensiyalarini real vaqt rejimida monitoring qilish;
- mahalliy va xalqaro integratsiyani kuchaytirish, kadrlar tayyorlashni nafaqat ichki, balki global mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish orqali bitiruvchilarning xalqaro darajadagi raqobatbardoshligini ta’minlash;
- yoshlar orasida kasb tanlash madaniyatini shakllantirish, maktab bitiruvchilarini erta bosqichda aniq kasblarga yo‘naltirish maqsadida ilg‘or texnikumlar negizida “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etish;
- hududlarning iqtisodiy ixtisoslashuviga mos ravishda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash hamda kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini xorijiy davlatlar tajribasi asosida to‘liq yangilash.
