Maktab o‘quvchilari "Kasblar shaharchasi" imkoniyatlari bilan tanishdi
2026-11-13 19:45:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida tashkil etilgan “Kasblar shaharchasi”da maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish hamda ularni turli kasblarning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
O‘quvchilar bu yerda zamonaviy kasblarni egallash uchun yaratilgan sharoitlar, amaliyot ustaxonalari va eng so‘nggi texnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bunday imkoniyatlar o‘quvchi-yoshlarga o‘z qiziqishlari va qobiliyatlariga mos kasbni tanlash, kelajakdagi maqsadlarini belgilash hamda kasbiy faoliyatga dastlabki qadamlarni qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.




