Oshpazlik sohasida xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlanadi
2026-11-13 13:20:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi o‘rtasida oshpazlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash va milliy oshpazlikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
— oshpazlik yo‘nalishida xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar tayyorlash;
— soha mutaxassislarining tajribasini ta’lim jarayoniga olib kirish;
— mahorat darslari, seminarlar va professional tadbirlar o‘tkazish;
— milliy oshpazlik an’analarini asrash va o‘zbek taomlarini dunyoga tanitishdan iborat.



