Texnikumlarda innovatsion g‘oyalar biznes loyihalariga aylantiriladi
2026-10-20 16:15:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda texnikumlar huzurida spin-off korxonalarini tashkil etishga bag‘ishlangan "Texnikumlarda tadbirkorlik va spin-off" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda respublikaning 14 ta hududidan texnikum direktorlari ishtirok etib, o‘z g‘oyalarini amaliy biznes loyihalariga aylantirish, yangi tadbirkorlik tashabbuslarini yo‘lga qo‘yish va texnikumlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Seminar davomida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
— Biznes g‘oyadan startapgacha. Biznes g‘oyalarni ishlab chiqish, istiqbolli startap loyihalariga aylantirish va bozor talablariga moslashtirish usullari tushuntirildi;
— Texnikumlarda spin-off korxonalarini tashkil etish. Korxonalarni tashkil etish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yaratilgan ishlanmalarni tijoratlashtirish imkoniyatlari yoritildi;
— Grant mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlari. Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan grant olish tartibi va undan foydalanish mexanizmlari tushuntirildi;
— Amaliy vorkshoplar. Ishtirokchilar biznes g‘oya va modelini shakllantirish hamda loyihalarni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli spin-off korxonalari egalari, startap asoschilari, tadbirkorlik yo‘nalishidagi professorlar hamda moliyaviy ekspertlar tomonidan olib borildi.







