Janubiy Koreyaning sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’limga joriy qilish bo‘yicha tajribasi o‘rganilmoqda
2026-10-13 09:10:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligi vakillari Janubiy Koreyada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’lim, boshqaruv, sanoat hamda ishlab chiqarish sohalariga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etmoqda.
Seminarda kasbiy ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilmoqda.
Shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlariga tashriflar amalga oshirilib, ularda kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini tashkil etish hamda moddiy-texnik bazani rivojlantirish borasidagi tajribalar bilan tanishdi.



