Germaniyaning BIWE tashkiloti bilan pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi
2026-10-02 11:55:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligi direktorining o‘rinbosari boshchiligida Germaniyaning Bildungswerk der Baden-Württembergischen Wirtschaft e.V. (BIWE) tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida:
➖ pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
➖ Germaniya va O‘zbekistonda o‘quv-amaliy dasturlarni tashkil etish;
➖ ta’lim dasturlarini takomillashtirish hamda mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
📌 Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Kasbiy ta’lim agentligi va BIWE tashkiloti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.




