Texnikum o‘quvchilari Yaponiyada amaliyot o‘tash uchun yo‘l oldi
2026-09-19 10:15:00 / Yangiliklar
Yunusobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining ikki nafar o‘quvchisi Kobe universiteti hamda JICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Kobe modeli” dasturi doirasida Yaponiyada stajirovka va amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi.

Mazkur dasturga tayyorgarlik doirasida o‘quvchilarga bir yil davomida yapon tili o‘rgatildi. Saralash natijasida tilni o‘zlashtirishda yuqori natija ko‘rsatgan ikki nafar o‘quvchi xalqaro dastur ishtirokchisiga aylandi.
Dastur davomida ular Yaponiyada kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlaydi. Keyingi bosqichda esa belgilangan shartlar asosida kasbiy faoliyatini davom ettirish va ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu loyiha texnikum o‘quvchilari uchun xorijiy tilni egallash, xalqaro tajriba orttirish hamda mehnat bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
