Karyera markazlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
2026-09-11 16:10:00 / Yangiliklar
Namangan viloyatidagi texnikumlarning ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari — Karyera markazlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida:
🔵Karyera markazlarining texnikum faoliyatidagi o‘rni, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va mehnat bozoriga tayyorlash masalalari muhokama qilindi;
🔵ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda bitiruvchilar bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy yondashuv va tavsiyalar berildi;
🔵“Karyera markazi — bu nima?”, “60 soniyada ish beruvchini ishontir”, “Muammolar va takliflar daraxti” kabi interaktiv mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning amaliy ko‘nikmalari rivojlantirildi;
🔵Karyera markazlari faoliyatidagi mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi;
🔵Namangan viloyatida Karyera markazlari faoliyatini namunali tashkil etgan texnikumlarning ilg‘or tajribalari taqdim etilib, ularni ommalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
