Jizzaxda "Kelajak tadbirkori – 2026" kasb ko‘rgazmasi start oldi
2026-09-10 16:20:00 / Yangiliklar
Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasi maydonida yoshlar va ishsiz fuqarolar uchun mo‘ljallangan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasi boshlandi. Unda texnikumlarning 5 ming nafarga yaqin o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma davomida:
🔵yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari;
🔵ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish;
🔵tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish;
🔵moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
📌 Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kasblar bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lib, ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish va kelgusidagi faoliyati uchun muhim imkoniyatlarni aniqlab olishdi.
