11-sinf bitiruvchilari uchun qabul jarayonlari yakunlanmoqda
2026-09-10 12:50:00 / Yangiliklar
Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha hujjatlar qabulining oxirgi kuni.
Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
🩺Tibbiyot texnikumlarining kunduzgi ta’lim shaklidagi mahalliy ta’lim dasturlariga o‘qishga kirish istagidagi abituriyentlar oliy ta’lim natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlab, tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
📝 Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
📊 2026/2027-o‘quv yili uchun 641 ta texnikumga jami 134 960 ta qabul parametri tasdiqlangan. Shundan 61 550 ta davlat granti asosida.
