Zamonaviy kasblar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi
2026-08-24 19:25:00 / Yangiliklar
Angren shahar 4-son texnikumi hamda Rossiya Federatsiyasining “Tatneft” kompaniyasi o‘rtasida qisqa muddatli kasb-hunar kurslarini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Hamkorlik doirasida:
➖ mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi;
➖ tinglovchilarning amaliy va kasbiy ko‘nikmalari rivojlantiriladi;
➖ zamonaviy kasblarni egallash uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi;
➖ bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshiriladi.
