O‘zbekiston-Xitoy xalqaro texnikumi tashkil etiladi
2026-08-24 16:35:00 / Yangiliklar
Kasbiy ta’lim agentligi Xitoyning China East Education tashkiloti bilan hamkorlikda “China East Education – Uzbekistan” hamda “Vocational Education Going Global” loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qiymati 5 million AQSH dollariga teng shartnoma imzoladi.

Shartnomaga asosan:
🔵O‘zbekiston-Xitoy xalqaro texnikumi tashkil etiladi;
🔵Yangi energetika avtomobillari va elektromobillarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy o‘quv ustaxonalari tashkil etiladi;
🔵Aqlli ishlab chiqarish, sun’iy intellekt, Big Data va IT kabi talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi;
🔵Texnikumning o‘quv binolari va yotoqxonalari to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadi.
📌 Loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida ikki tomonlama ishchi guruhi tuzish, kompaniya ustavini kelishish hamda texnikumga yangi nom berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
