O‘zbekiston va Ozarbayjon — mushtarak manfaatlar va mustahkam hamkorlik
2026-08-24 11:55:00 / Yangiliklar
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/shmirziyoyev/35229)

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tor doiradagi uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari “Haydar Aliyev” ordeni va “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Prezidentlar Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yig‘ilishining qarorini imzoladi.
