Kasbli odam — har yerda kerak!
2026-08-24 09:35:00 / Yangiliklar
Kasb egallagan inson o‘z yurtida ham, xorijda ham bilim va mehnati bilan kerakli mutaxassisga aylana oladi.
2030-yilgacha global mehnat bozori prognozi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
➖ Yevropada qarish sababli 7,5-10,5 million ishchi kuchi tanqisligi kutiladi.
➖ Janubiy Koreya sanoatiga qo‘shimcha 1,5 million ishchi kerak bo‘ladi.
➖ Rivojlangan davlatlardan o‘tkazmalar o‘sgan: Buyuk Britaniya (+62%), YEI (+27%).
Muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?
✔️Chet tillarini mukammal o‘rganish Yevropa, Koreya va Yaqin Sharq mehnat bozorlariga chiqish uchun muhim ustunlik beradi.
✔️Zamonaviy kasb va malakaga ega bo‘lish yangi ish imkoniyatlarini kengaytiradi va yuqori daromadli kasblarni egallashga yo‘l ochadi.
📌Eslatib o‘tamiz: 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga kamida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf negizida) qabul davom etmoqda.
🗓 Qabul muddati: 10-avgustdan 10-sentabrgacha
🌐 Hujjat topshirish: my.edu.uz platformasi orqali
📌Texnikumlar ro‘yxati: kasbedu.uz
