Kasb-hunar egallayotgan yoshlarga yuksak e’tirof
2026-08-22 20:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, o‘zining bilimi, intellektual salohiyati, kasbiy mahorati hamda tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yurtdoshlarimiz Prezident Farmoniga muvofiq yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi (https://president.uz/oz/lists/view/9517).
Xususan, kasbiy ta’lim tizimining 3 nafar vakili ham ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldi.
“Shuhrat” medali bilan
➖ Musayeva Shoxistaxon Sadridinovna - Uchqo‘rg‘on tumani 4-texnikumi direktori, Namangan viloyati
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
➖Abdurazoqov Doniyor Muxtor o‘g‘li - Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati
➖Ismatov Diyorbek Nozim o‘g‘li - Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati
