Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumga o‘qishini ko‘chira oladi
2026-08-21 13:35:00 / Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-son qarori (https://api-portal.gov.uz/uploads/365/2026/08/21/485e4cbc-52b5-3b2c-da22-c1df5fd73b49_media_.pdf) (20.08.2026-y.) tasdiqlandi.
Unga muvofiq:
✔️kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona tartibi belgilanadi;
✔️mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda topshiriladi;
✔️10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish tartibi alohida belgilanib, o‘quvchilar uchun kasbiy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi;
✔️kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berishning yagona tartibi joriy etiladi;
✔️Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur davlat xizmatlarini YIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi;
✔️davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli davlat organlaridan elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi;
✔️fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish jarayoni raqamlashtiriladi, soddalashtiriladi va ortiqcha byurokratik jarayonlar kamaytiriladi.
