Xorazmda 1 100 dan ziyod bitiruvchi mehnat yarmarkasida ishtirok etdi
2026-08-04 10:15:00 / Yangiliklar
Xorazm viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Tadbir davomida bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita uchrashuv hamda muloqotlar tashkil etildi.

✔️Mehnat yarmarkasida 1 100 dan ziyod bitiruvchi hamda 100 dan ortiq tadbirkor va ish beruvchi ishtirok etdi. Bitiruvchilar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ularning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish imkoniyatlari yaratildi.
➡️Yarmarkada viloyatdagi korxona va tashkilotlar vakillari, Kasbiy ta’lim agentligi, Urganch shahar hokimligi mas’ullari, texnikum bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari faol ishtirok etdi.
