Texnikum pedagoglari Janubiy Koreyada malaka oshiradi
2026-08-03 17:10:00 / Yangiliklar
Kasbiy ta’lim agentligi tashabbusi bilan LUPIC (Xalqaro hamkorlik bo‘yicha yetakchi universitet loyihasi) doirasida Ta’lim forumi hamda “Aqlli ishlab chiqarish innovatsiyalari” mavzusidagi ta’lim–sanoat hamkorligi seminari bo‘lib o‘tdi.

Forum davomida:
🔵sanoat ehtiyojlariga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha Koreya tajribasi taqdim etildi;
🔵sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi;
🔵pedagoglar uchun innovatsion ta’lim metodlari va zamonaviy o‘quv materiallarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi;
🔵DEISC – Raqamli ta’lim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyati taqdim etildi.
📌 Forum yakunida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida akademik almashinuvni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, texnikumlarda koreys tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish hamda dual ta’lim va sanoat bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilandi.
