Kasbiy ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik olib borilmoqda
2026-07-31 11:35:00 / Yangiliklar
Toshloq tumani 3-son texnikumida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida:
🔵ishtirokchilar texnikum hududida barpo etilgan “Master House”;
🔵 ochiq osmon ostidagi kutubxona;
🔵 obodonlashtirish ishlari;
🔵 o‘quv va amaliyot xonalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdilar.
✅ E’tiborlisi, Toshloq tumani 3-son texnikumi jamoasi o‘tgan yili “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib bo‘lib, loyiha doirasida o‘quv binolarining tashqi fasadi va deraza romlari to‘liq rekonstruksiya qilindi.
