Seojeong universityda 800 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda
2026-07-30 18:55:00 / Yangiliklar
Kasbiy ta’lim agentligi hamda Janubiy Koreyaning Seojeong university o‘rtasida transport, global sanoat hamda global moda va dizayn yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlar amalga oshiriladi:
➖ transport, global sanoat hamda global moda va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlarini rivojlantirish;
➖ o‘quvchilar uchun xalqaro standartlarga mos ta’lim va amaliyot imkoniyatlarini kengaytirish;
➖ qo‘shma ta’lim dasturlari hamda akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish;
➖ pedagoglar malakasini oshirish va tajriba almashishni tashkil etish;
➖ bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish.
📌 Ma’lumot uchun, bugungi kunda Seojeong universityda 800 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olib, zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.
