🔹 Tarixiy voqea!
2026-07-15 17:45:00 / Yangiliklar

WorldSkills Uzbekistan, HRDK Korea, GIFTS, Kasbiy ta’lim agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Technical Exchange Week” xalqaro texnik almashinuv haftaligi doirasida Prezident sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat tanlovining Respublika bosqichida ilk bor xalqaro WorldSkills ekspertlari baholash jarayoniga jalb etiladi.
🇰🇷 KIM KYUNGRAN — Fashion Technology (Tikuvchilik) yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ekspert.
🇰🇷 SEO KWANGOK — Plumbing and Heating (Santexnika va isitish tizimlari) yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ekspert.
Bu voqea kasbiy ta’lim tizimi uchun muhim qadamdir.
Endilikda tanlov ishtirokchilarining kasbiy mahorati WorldSkills xalqaro standartlari, shaffof va xolis baholash mezonlari asosida baholanadi.
⚡️Mahalliy ekspertlar uchun — xalqaro tajribani o‘rganish imkoniyati.
⚡️Ishtirokchilar uchun — yanada mas’uliyatli va professional sinov.
⚡️O‘zbekiston kasbiy ta’limi uchun — xalqaro maydonga yaqinlashish sari yana bir muhim bosqich.
🏆 Ilk bor xalqaro ekspertlar, ilk bor xalqaro darajadagi baholash!
Kasbiy mahorat — taraqqiyot poydevori!


