Sayyor qabulda ko‘tarilgan murojaatlar amaliy yechim topmoqda
2026-07-14 12:40:00 / Yangiliklar
Namangan viloyatida Kasbiy ta’lim agentligi direktori tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar bosqichma-bosqich ijobiy hal etib borilmoqda.

Shunday murojaatlardan biri asosida Kosonsoy tumani 2-son texnikumining "Traktorchi-mashinist" kasbi bo‘yicha tahsil olayotgan 78-guruh o‘quvchisi Hulkaroy Jo‘rayevaga Kasbiy ta’lim agentligi rahbarining tashabbusi bilan koreys tilini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari topshirildi.
⚡️ Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan yoshlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
