Prezident sovrini uchun "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat tanlovining Respublika bosqichi boshlandi!
2026-07-13 16:45:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyatidagi texnikumlarda kasbiy mahorat tanlovi bo‘yicha elektromontaj, payvandlash texnologiyasi, santexnika hamda moda texnologiyalari yo‘nalishlarida 3-bosqichi (respublika bosqichi) bellashuvlariga start berildi.

Musobaqalarda:
🔵270 nafar ishtirokchi
🔵198 nafar ustoz
🔵40 nafar mas'ul xodim ishtirok etmoqda.
📌Ma'lumot uchun, 3-bosqich gʻoliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari quyidagi miqdorlarda 1-martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🏆1-oʻrin sohibiga BHM ning– 20, amaliyot ustoziga – 100 baravari;
🥈2-oʻrin sohibiga BHM ning– 15, amaliyot ustoziga – 80 baravari;
🥉3-oʻrin sohibiga BHM ning – 10, amaliyot ustoziga – 60 baravari.
✅
Shuningdek, 3-bosqich gʻoliblariga “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi. Ushbu musobaqada qatnashib g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga esa - 2500 BHM baravari, ya’ni 1 mlrd 30 mln so‘m; ustoziga - 450 baravari, ya’ni 185 mln 400 ming so‘m pul mukofoti beriladi.
Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
