Kasbiy ta’lim agentligi Germaniyaning BIWE tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
2026-07-13 14:35:00 / Yangiliklar
Kasbiy ta’lim agentligi va Germaniyaning BIWE (Bildungswerk der Baden-Württembergischen Wirtschaft e.V.) tashkiloti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda:
🔵texnikumlarda turizm;
🔵gastronomiya xizmatlari;
🔵metallarga ishlov berish yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish;
🔵dasturlarni Germaniya standartlari asosida takomillashtirish;
🔵pedagoglar malakasini oshirish;
🔵o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun nemis tili kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
BIWE — 1971-yilda Shtutgart shahrida tashkil etilgan nodavlat notijorat uyushma bo‘lib, dual kasbiy ta’limni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida boy tajribaga ega. Tashkilot Ozarbayjon, Ruanda va Keniyada kasbiy ta’lim loyihalarini amalga oshirgan.
