Xalqaro maydonda yana bir yutuq!
2026-07-13 09:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston kasbiy ta’limi xalqaro maydonda navbatdagi muhim muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi.

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida bo‘lib o‘tgan III Kasbiy mahorat musobaqasi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi Abdusamadov Iqbolmirzo Abdusamad o‘g‘li nufuzli "Friendship Skills Star" (Kasbiy mahorat do‘stligi yulduzi) maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.
🌐 Ushbu nufuzli e’tirof uning yuksak kasbiy mahorati bilan bir qatorda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi faol ishtiroki uchun taqdim etildi.
⚡️Mazkur yutuq yurtimizda kasbiy ta’lim tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yoshlarni xalqaro standartlarga mos tayyorlash va ularning salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishga qaratilgan islohotlarning yana bir yorqin natijasidir.
🎉 Iqbolmirzoni ushbu munosib mukofot bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
