Ishlab chiqarish ta’limi ustalari Turkiyada malaka oshirmoqda
2026-07-11 17:20:00 / Yangiliklar
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan xalqaro tajribalarni o‘rganish va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida navbatdagi malaka oshirish dasturi amalga oshirilmoqda.

🇹🇷 Dastur doirasida “Payvandlash” yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan 22 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasi Turkiyaning Konya shahrida joylashgan Konya Savdo palatasi Kasbiy ta’lim va raqamli transformatsiya xizmatlari AJ Kasbga tayyorlash markazida malaka oshirmoqda.
🔹 Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar:
• zamonaviy payvandlash texnologiyalari;
• ilg‘or ishlab chiqarish uskunalari;
• kasb-hunar ta’limining innovatsion metodikalari bilan tanishmoqda.
🤝 Shuningdek, dastur doirasida Karatay universiteti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, Turkiya kasbiy ta’lim tizimidagi islohotlar, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
