Xitoyda kasbiy ta'lim bo‘yicha yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi
2026-07-10 18:45:00 / Yangiliklar
Kasbiy ta'lim agentligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Anhuy provinsiyasi Ta'lim departamentida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda:
🔵kasbiy ta'lim standartlarini joriy etish;
🔵qo‘shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish;
🔵xalqaro talabalar almashinuvini rivojlantirish;
🔵O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
⚡️Shuningdek, Anhuy suv xo‘jaligi va gidroenergetika texnika kollejida "Yangi energiya vositalari texnologiyalari" yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro malaka oshirish dasturining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastur davomida O‘zbekiston delegatsiyasi:
✅ yangi energiya transport vositalari texnologiyalari;
✅ sanoat avtomatlashtirish;
✅ dual ta'lim tizimi;
✅ ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan ta'lim jarayonlari bo‘yicha Xitoyning ilg‘or tajribasini o‘rganmoqda.
📚 Bundan tashqari, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi, korxonalar bilan hamkorlik hamda innovatsion mutaxassis tayyorlash mexanizmlari yuzasidan tajriba almashish ishlari olib boriladi.
📌 Bu tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kasbiy ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
