Xorazm viloyatidagi texnikumlar faoliyati o‘rganildi
2026-07-10 15:45:00 / Yangiliklar

Tashrifda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S. Salayev, Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuhrat Ahmedov, Xorazm viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Otabek Saidov, Xorazm viloyati Migratsiya bo‘limi boshlig‘i G‘. Ishemmetov, “Getwork” xususiy bandlik agentligi vakillari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab Xorazm Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida olib borilayotgan qurilish ishlari va yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Urganch shahar 2-son texnikumida Migratsiya agentligining viloyat bo‘limi, “Getwork” xususiy bandlik agentligi hamda texnikum hamkorligida tashkil etilgan ISO 9606 xalqaro payvandchi sertifikati bo‘yicha o‘quv kursi faoliyati bilan tanishildi.
📚 Tashrif davomida Qo‘shko‘pir tuman 1-son texnikumida o‘quv jarayoni, zamonaviy o‘quv xonalari, ustaxonalar, axborot-resurs markazi, qabul komissiyasi va Call markazi faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, yangi tashkil etilgan avtodrom ko‘zdan kechirilib, ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng delegatsiya Agentlik direktoriga biriktirilgan Qo‘shko‘pir tumanidagi “Do‘stlik” bolalar oromgohida bo‘lib, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda xavfsizlik talablari bilan tanishdi.
📌 Tashrif yakunida Qo‘shko‘pir tuman 4-son texnikumida YUNESKOning “O‘zbekistonning qishloq joylarida yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish” loyihasi doirasida ta’mirlangan laboratoriyalar, o‘quv ustaxonalari va zamonaviy jihozlar ko‘zdan kechirildi.
