Namanganda 20 ming yosh zamonaviy kasblarga o‘qitiladi
2026-06-23 17:55:00 / Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Hududda xalqaro standartlarga mos kamida 5 ta xususiy o‘quv-baholash markazi tashkil etilib, joriy yilning o‘zida 20 ming nafar yoshni kasbga oʻqitishni boshlash vazifasi belgilandi.
Mutasaddilarga:
✅zamonaviy kasblarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish;
✅oʻquv-baholash markazlari uchun texnikumlar binolaridan joy ajratish;
✅mavjud texnikumlarda taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini yangi oʻquv yiligacha yakunlash topshirildi.
