Respublikamiz hududlarida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanlovining viloyat bosqichi qizg‘in davom etmoqda
2026-06-23 20:30:00 / Yangiliklar

Shuningdek, Jizzax shahar 1-son texnikumida mazkur tanlovning 2-bosqichi doirasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy mahoratini namoyish etib, g‘oliblik uchun bahslashdilar.
Bellashuvlar:
Modalar texnologiyasi;
Santexnika;
Payvandlash;
Quruq qurilish va suvoq ishlari;
Sartaroshlik;
Tibbiy-ijtimoiy g‘amxo‘rlik;
Kompyuter grafikasi;
Elektromontaj ishlari;
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish;
Oshpazlik ishi yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.
Ishtirokchilarning kasbiy mahorati, ijodiy yondashuvi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasi hamda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilishi ekspertlar tomonidan baholanmoqda.
📌Tanlovning Respublika bosqichi saralashlaridan o'tgan ishtirokchilar “WorldSkills” xalqaro chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Xalqaro chempionatda g‘oliblikka erishgan o‘quvchi Prezident sovrini bo‘lgan 1 mlrd 30 mln so‘m, ustozi esa 185 mln 400 ming so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
