Kasbiy ta’lim agentligi O‘zbekiston-Germaniya xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi
2026-06-18 14:40:00 / Yangiliklar

Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston–Germaniya siyosiy va iqtisodiy muloqoti o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Kasbiy ta’lim agentligi direktor o‘rinbosari Shihnazar Sharofaddinov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Xalqaro investitsiya forumi ishtirokchilari, xorijlik mehmonlar va OAV vakillariga mamlakatimizning kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ma’lumot uchun, bugungi kunda Kasbiy ta’lim agentligi Germaniyaning "Papenburg", "Avestos", "GIZ", "ZAW Leipzig GmbH", "Porche", "Carl Duisberg GmbH" kabi tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston–Germaniya siyosiy va iqtisodiy muloqotidan so‘ng Germaniyaning SEQUA gGmbH xalqaro rivojlanish tashkilotlari bilan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar dastlabki hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi. Natijada kelgusidagi masalalar belgilandi:
• Mas’ul shaxslar tayinlanishi va batafsil ma’lumotlar almashilishi;
• Loyihaoldi o‘rganish (feasibility study) missiyasi tashkil etilishi;
• O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimi o‘rganilishi va institutsional sharoitlar baholanishi;
• Potensial hamkor tashkilotlar aniqlanishi;
• Loyiha maqsadlari, kutilayotgan natijalar va tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi;
• Germaniya tomonidan loyiha bo‘yicha rasmiy ariza kiritish va moliyalashtirish masalasida qaror qabul qilish uchun zarur ma’lumotlar yig‘ilishi;
• Kelgusida 20 nafar ish beruvchi mutaxassis xalqaro amaliyotga jo‘natilishi rejalashtirilgan;
• Amaliyot davomida Marleen Winter (BBW gGmbH, yurist) bilan birgalikda dual ta’lim bo‘yicha huquqiy yo‘l-yo‘riqlar va maslahatlar olinadi;
• Iqtisodiyot vazirligi bilan belgilangan parametrlar bo‘yicha kelishuvlar olib borilishi.
