Ishlab chiqarish ta’limi ustalari va maxsus fan o‘qituvchilari uchun malaka oshirish (stajirovka) dasturiga taklif etiladi
2026-06-17 20:00:00 / Yangiliklar

Ushbu anketa savollarini to‘liq, sifatli to‘ldirgan hamda belgilangan talablarga mos ishlab chiqarish ta’lim ustalari va maxsus fan o‘qituv tanlovning 2-bosqichi (intervyu)ga tavsiya etiladi.
Malaka oshirish muddati: 2026-yil davomida (iyuldan bosqichma-bosqich boshlanadi).
Malaka oshirish dasturida ishtirok etishga nomzodlar uchun talablar:
-malaka oshirish tashkil etiladigan kasb yoki mutaxassislikka mos yo‘nalishda dars berish;
-kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik amaliy ish tajribaga ega bo‘lishi;
-nomzodning kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha amaliy tajribasi, kasbiy mahorati, professional etikaga rioya etishi va mehnat faoliyati natijalarini baholovchi ikki nafar hamkasbdan yozma tavsiyanoma;
-xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishi hamda xorijga chiqish uchun taqiq mavjud emasligi.
Nomzodlarni saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich anketa-so‘rovnoma orqali hujjatlar yig‘ish;
2-bosqich intervyu.
Dastur yakunida ishtirokchilardan kutilayotgan natijalar:
-o‘zlashtirilgan bilim va tajriba bo‘yicha hisobot taqdim etadi;
-hamkasblari uchun treninglar tashkil etadi (Training of Trainers).
-kamida 3 yil davomida Kasbiy ta’lim agentligi tizimidagi texnikumlarda o‘z faoliyatini olib boradi.
Malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi havolalar orqali anketa-so‘rovnomani 2026-yil 27-iyunga qadar to‘ldirishi lozim.
Anketa havolasi: https://forms.gle/kHKk3HaB1C1oPeoN6
Barcha xarajatlar Kasbiy agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Eslatma: 2026-yil 10-iyunga qadar 10 ta kasb bo‘yicha e’lon qilingan tanlov natijalariga ko‘ra, onlayn anketa to‘ldirgan va 2-bosqichga saralanganlar bilan bevosita malaka oshirish dasturi tashkil etilishidan avval bog‘laniladi.
