Kasbiy ta’lim agentligi va SEQUA gGmbH hamkorlik istiqbollarini belgiladi
2026-06-17 16:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida:
• Dual ta'lim tizimini rivojlantirishda metodologik va amaliy yordam ko'rsatish
• Kasbiy ta'lim dasturlari va o'quv rejalarini ishlab chiqishda hamkorlik
• Boshqa yo'nalishlarda ham qo'llab-quvvatlash imkoniyatlarini o'rganish
• Germaniya va o'zbek mutaxassislari bilan birgalikda ishlash kabi masalalarni muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar dastlabki hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib oldi. Quyidagi keyingi qadamlar va kelgusidagi masalalar belgilandi:
- Mas'ul shaxslarni belgilash va ma'lumot almashish;
- Loyihaoldi o‘rganish missiyasini tashkil etish;
- Kasbiy ta'lim tizimi va hamkorlik imkoniyatlarini baholash;
- Loyiha maqsadlari va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqish;
- Moliyalashtirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash;
- 20 nafar ish beruvchi mutaxassisni xalqaro amaliyotga yuborish;
- Dual ta'lim bo‘yicha huquqiy maslahatlar olish;
Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlik masalalarini kelishish.
