Akademik halollik — eng muhim qoida
2026-03-30 14:20:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuvlarni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar ishtirokchilari uchun “Akademik halollikni o‘zingizga qonun sifatida qabul qilib oling” hamda “Halollik vaksinasi va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan eng muhim islohotlar” mavzularidagi videorolik va kontentlar namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida, Institut kutubxona fondiga ma’ruzachi G.Rasulova tomonidan ’’Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaning oldini olish masalalari (O‘zbekiston va Finlandiya misolida) monografiya"si esdalik uchun topshirildi.
