Sun’iy intellekt platformalari orqali ingliz tilini o‘rganish bepul va oson
2026-03-14 14:30:00 / Yangiliklar

University of Cambridge tomonidan ishlab chiqilgan platformalar sun’iy intellekt yordamida ingliz tilidagi bilimlaringizni tahlil qilib beradi.
🌐 Speaking ko‘nikmasini tekshirish:
Speak & Improve (https://speakandimprove.com/)
Afzalliklari:
-Bepul foydalanish;
-Sun’iy intellekt asosida tahlil;
-Gapirish ko‘nikmasini real baholash;
-IELTS yoki Cambridge imtihonlariga tayyorgarlik uchun foydali.
✍️ Writing ko‘nikmasini rivojlantirish:
Write & Improve (https://writeandimprove.com/)
Platformada:
-250+ dan ortiq yozish mashqlari mavjud;
-Boshlang‘ich (A1) dan yuqori daraja (C2) gacha ishlash mumkin;
-Xatolaringizni tuzatib, qayta yuborib, natijani yaxshilab boradi.
Dunyo bo‘yicha millionlab ingliz tili o‘rganuvchilar ushbu platformalar orqali speaking va writing ko‘nikmalarini mustaqil rivojlantirmoqda.
