Kasbiy ta’lim agentligida 8-mart shukuhi
2026-03-06 18:10:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik rahbariyati tizimdagi ayollarni ushbu sana bilan tabriklab, ularning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy kasblarga o‘qitish yo‘lidagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehnatsevarligi va fidoyiligi alohida ta’kidlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
