“Rais kubogi-2025” musobaqasi oʻtkazildi
2025-09-23 16:55:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi tizimida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida, joriy yilning 20-21-sentabr kunlari qadimiy va navqiron Samarqand shahrida Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining tizim xodimlari oʻrtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rais kubogi-2025” musobaqasining final bosqichi oʻtkazildi.
Ushbu musobaqaning tashkil etishdan asosiy maqsad G‘aznachilik tizimi xodimlarini sogʻlom turmush tarzini shaklantirish, salomatligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish va G‘aznachilik tizim xodimlari oʻrtasida doʻstona muhitni yaratish ko‘zda tutilgan.
Mazkur musobaqada barcha hududlar faol qatnashib tizimda yanada jamoaviy muhit mustahkamlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshdi.
Dastlabki hududiy saralash bosqich o‘yinlari joriy yilning 13-14-sentabr kunlari G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hududiy boshqarmalari hamda tuman va shahar bo‘lim xodimlari 6 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar.
Musobaqaning final bosqichida 8 ta jamoa A va B guruhlarga bo‘lingan holda Samarqand shahardagi “Sartepo” sport majmuasining o‘quv mashg‘ulot maydonlarida 20-sentabr kuni guruh bosqich hamda 21-sentabr kuni yarim final va final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra:
- Markaziy apparat;
- Samarqand viloyati;
- Andijon viloyati g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.
Qizgʻin va murosasiz, eng muhimi – doʻstona ruhda oʻtgan musobaqa yakunida dastlab, chempionatning “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi to‘purar” va “Eng yaxshi oʻyinchisi” nominatsiyasi gʻoliblari taqdirlandilar.
Musobaqada halol kurashlar asosida gʻolib va sovrindorlariga esdalik sovgʻalari topshirildi.









