Sirdaryo viloyatiga tashrif.
2025-09-05 00:00:00 / Majlislar va hududiy boshqarmalar bilan yigʻilishlar

Hududlardagi muammo va takliflarni joyida chiqqan holda oʻrganish maqsadida Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi A. Xaydarov joriy yilning 5-sentyabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif chogʻida Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi Sirdaryo viloyati Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi va uning tuman (shahar)lari boʻlimlarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazdi.
Suhbat davomida xodimlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularni qiynab kelayotgan muammolar hamda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni muhokama qilish bilan birga, 2025-yilni ijobiy yakunlash va yil yakuniga qadar qilinishi kerak boʻlgan asosiy vazifalar va dolzarb masalalar ijrosi belgilab olindi.

