1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni
2025-10-01 / Voqealar taqvimi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil 9-yanvardagi Farmoni bilan mamlakatimizda 1-oktabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilangan.
Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati esa ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning obro‘-e’tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko‘ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Har bir inson, qayerda ishlamasin, qanday kasb egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, mustaqil hayotga yo‘llagan insonni hurmat bilan esga oladi.
Mazkur bayram o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini sharaflash ayyomidir. Shu kuni o‘quv yurtlarida o‘qituvchilar, korxonalarda esa murabbiylar va ustozlar mehnati ulug‘lanadi.
