O‘zbekiston Prezidenti Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-105-sonli qarorni imzoladi.
2025-08-04 00:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyun kuni davlat boshqaruvini yanada raqamlashtirish va moliyaviy va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish doirasida “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-105-son qarori imzolandi.
Hujjat tizimli islohotlarni nazarda tutadi, jumladan:
2026-yil 1-iyuldan boshlab budjet mablag‘larini avtomatlashtirilgan boshqarish, likvidlikni prognozlash, tranzaksiyalarni onlayn kuzatish va sun’iy intellekt va biznes intellekt (Business intelligence) texnologiyalaridan foydalangan holda moliyaviy risklarni boshqarishni ta’minlovchi “Raqamli g‘azna” integratsiyalashgan raqamli platformasi ishga tushiriladi.
xorijiy valyutadagi operatsiyalarni raqamli formatda amalga oshirish uchun davlat moliyasini boshqarish axborot tizimini Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar jamiyati (SWIFT) tizimi bilan integratsiyalash;
davlat xaridlari va to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida qonun hujjatlarini buzilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni, shuningdek, aniqlangan xavflar bo‘yicha xabarnomalar va ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy risklarni “Elektron risk” dasturiy kompleksida avtomatik aniqlash mexanizmini joriy etish;
2027-yil 1-yanvardan g‘aznachilik va Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarining faoliyati tugatilib, ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil etilishi.
kadrlar tuzilmasini optimallashtirish – takroriy funksiyalarni qisqartirish va vazifalarni raqamli yechimlar foydasiga qayta taqsimlash, bu esa budjetga yukni kamaytirish va davlat xizmatlari samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Islohot aholining zamonaviy, qulay va shaffof davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va davlat institutlariga ishonchni oshirishga qaratilgan.
Farmonning toʻliq matni bilan Lex.uz portalida tanishish mumkin: https://lex.uz/docs/-7604998
