“Elektron davlat xaridlari tizimlari texnik amaliyoti” mavzusida oʻquv seminari (trening) tashkil etildi.
2025-08-03 00:00:00 / Yangiliklar

Joriy yil 27-iyul – 3-avgust kunlari Turkiyaning Anqara shahrida “Elektron davlat xaridlari tizimlari texnik amaliyoti” mavzusida oʻquv seminari (trening) tashkil etildi.
Ushbu oʻquv seminarida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi xodimlari (O. A. Boltaboyeva hamda Q. Q. Shukurov)dan iborat delegatsiya ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilariga soha mutaxassislari tomonidan Turkiya davlat xaridlari tizimi, jumladan xarid jarayonlarini shaffof va samarali tashkil etish va oʻtkazish maqsadida ishga tushirilgan platforma – “EKAP” (Elektronik Kamu Alımları Platformu) elektron tizimi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Seminar doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimiz davlat xaridlari tizimi, sohani tartibga soluvchi normativlar, xaridlarni amalga oshirish boʻyicha savdolarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi, shuningdek tizimdagi soʻnggi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilgan holda sohani rivojlantirish yuzasidan oʻzaro tajriba almashinildi.
Oʻquv seminari yakunida kelgusida davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha ikki tomonlama yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.


