Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan haykali poyiga gullar qo‘yildi.
2025-02-10 14:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 9-fevral kuni poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda fan namoyandalari, turli vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etib, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishdi.
Buyuk mutafakkir va so‘z ustasi Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar davomida insoniyatni ilhomlantirib, ezgulik, insonparvarlik, saxovat va olijanoblik nurini taratib kelmoqda.
Mamlakatimizda buyuk bobomiz xotirasini e’zozlash, ijodini o‘rganish, ijodini jahon miqyosida keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.


