“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi 2026
2026-05-14 12:15:00 / Yangiliklar

Universitet talabalari hamda oliy ta’lim muassasasini tamomlayotgan yosh mutaxassislarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bugun — 2026-yil 14-may kuni “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur nufuzli tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi ham faol ishtirok etib, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud vakant lavozimlar hamda tizimdagi istiqbolli yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Qo‘mita mas’ul xodimlari tomonidan maxsus stend va zamonaviy taqdimot materiallari orqali talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi, ularning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda davlat organlari va ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilgan muhim platformaga aylandi.



